Andijon va Toshkent viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

05.02.2025 42

Andijon va Toshkent viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Farmreyd: Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan S.T. va boshqalar fuqaro M.X.ga 14 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 2,9 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan yana 27 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Oqqoʻrgʻon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.I. fuqaro M.Z.ga “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini oʻtkazish maqsadida olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251¹-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.